Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryolik ayollar turli tazyiqlarga uchragani aniqlandi

Sirdaryolik ayollar turli tazyiqlarga uchragani aniqlandi

“Sardoba” suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatida murakkab vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga psixologik yordam ko‘rsatildi, deb yozadi "qalampir.uz"

Kecha, 22 may kuni “Sardoba” suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatida murakkab vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga psixologik yordam ko‘rsatildi. Ushbu tadbirlar “Yuksalish” umummilliy harakati Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegasiyasi bilan hamkorligida olib borildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuvlar Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan. Unda jami 38 nafar fuqaro qamrab olingan. Ular bilan yakka tartibdagi konsultasiyalar va kichik guruhlarda treninglar tashkil etilgan.

“Vaqtincha evakuasiya qilingan fuqarolar bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida oilaviy-maishiy zo‘ravonlikka duch kelgan ayollar borligi, hattoki shu holatda ham oila a’zolari tomonidan turli darajadagi tazyiqlarga uchrash holatlari aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng ularga shu joyning o‘zida kerakli ma’lumotlar, kelgusida bunday vaziyatga tushmaslik uchun maslahatlar hamda murojaat uchun tegishli muassasalar kontakt telefonlari taqdim etilgan.

"Yuksalish" umummilliy harakati matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvlarni tashkillashtirishda Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi “Faol hayot” nodavlat notijorat tashkiloti yaqindan ko‘maklashgan.

Kiritildi: 19:41 23.05.2020. O'qildi: 4701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!