Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda yarim yalang‘och raqqosalarga pul qistirgan hokim yordamchisi ishiga qayta tiklandi

Sirdaryoda yarim yalang‘och raqqosalarga pul qistirgan hokim yordamchisi ishiga qayta tiklandi

Sirdaryo tumani hokimining N.Muratovni tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarori imzolandi. Bu haqda xabardor.uz xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Muratov Nozim Najimidinovich 2021 yil 30 dekabr kunidan Sirdaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga ikki oylik sinov muddati bilan ishga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, N.Muratov 2021 yil 14 iyunda o‘z arizasiga ko‘ra, mazkur lavozimdan bo‘shagan edi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumanidagi restoranlardan birida uning yarim yalang‘och raqqosalarni o‘ynatib, pul qistirgani aks etgan videolavhasi tarqalgani sabab bo‘lgan edi.

Kiritildi: 13:56 18.01.2022. O'qildi: 4116 marta. Fikrlar soni: 15 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!