Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda o‘qituvchi ayol direktor tufayli hushidan ketgani aytilmoqda

Sirdaryoda o‘qituvchi ayol direktor tufayli hushidan ketgani aytilmoqda

Avvalroq Boyovut tumanidagi 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi — maktab direktori bilan o‘zaro kelishmovchiliklari sababli hushidan ketib, yiqilganligiga oid videolavha e’lon qilingandi.

Shundan so‘ng, tuman hokimligi Axborot xizmati tomonidan mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabati e’lon qilindi.

"Bugun erta tongdan tuman xalq ta’limi bo‘limi huzurida ishchi guruh tuzilib, 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi holatni o‘rganishga kirishildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Otabek Donabayev ham 1-maktabda bo‘lib o‘rganish jarayonida ishtirok etdi. E’lon qilingan videodagi vajlarga tuman prokuraturasi tomonidan aniqlik kiritilmoqda.

Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi o‘rganishning yakuniy natijalari yuzasidan batafsil ma’lumot beradi", — deyiladi hokimlik rasmiy munosabatida.

Kiritildi: 17:39 28.05.2021. O'qildi: 3140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!