Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda “Lasetti” portlab ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoda “Lasetti” portlab ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Bugun, 1 iyun soat 03:40 da Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Zafar qishlog‘ida yashovchi fuqaroning boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Yangi Davr” MFY hududidan o‘tuvchi “Termiz-Toshkent” yo‘lida harakatlanib ketayotgan vaqtda avtomashinaga o‘rnatilgan gaz ballonida yorilish sodir bo‘lgan.

Natijada avtomashinada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilar voqea joyida vafot etgan hamda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat olib Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:34 01.06.2021. O'qildi: 2840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!