Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda jinoyat: "yog‘och operasiyasi" fosh bo‘ldi

Sirdaryoda jinoyat: "yog‘och operasiyasi" fosh bo‘ldi

Tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Sirdaryo” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro X.O‘.  boshqaruvidagi yog‘och mahsulotlari yuklangan “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda elektron tarozi va inspeksion ko‘rik vositasi yordamida ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashinada yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan umumiy qiymati 36,4 million so‘mlik vazni 8 tonnadan ortiqni tashkil etuvchi yog‘och mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 17:45 20.06.2020. O'qildi: 2758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!