Joriy yilning 24 dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida 1978 yilda tug‘ilgan, oilali, Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Sayxun shaharchasida istiqomat qiluvchi fuqaro I.S o‘zining tanishlari bo‘lgan 1984 yilda tug‘ilgan, ajrashgan, Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Dehqonobod shaharchasida istiqomat qiluvchi K.M hamda 1994 yilda tug‘ilgan, ajrashgan, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahri, Quyosh MFYda istiqomat qiluvchi Q.Dlarini Turkiya davlatiga foxishalik bilan shug‘ullanishga olib ketayotgan vaqtida “Sirdaryo” YPH maskanida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2- qismi «b,e» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.