Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi dori bilan qo‘lga tushdi

Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi dori bilan qo‘lga tushdi

Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bilan qo‘lga tushdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda prokuror katta yordamchisi boshqaruvida bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan va avtomashina salonida 50 dona «Zardeks» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Camarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Toshkent shahrida qo‘lga olindi. Undan ham 300 dona «Zardeks» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Qayd etilishicha, ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:44 07.02.2025. O'qildi: 1274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!