Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Sirdaryo viloyati hokimi: "Toshkentliklar xafa bo‘lishmasin, ammo poytaxtning kelajagi Sirdaryoda"

Sirdaryo viloyati hokimi: "Toshkentliklar xafa bo‘lishmasin, ammo poytaxtning kelajagi Sirdaryoda"

Xalqaro press-klub sessiyasida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev quyidagi fikrlarni bildirdi:

Toshkentliklar xafa bo‘lishmasin, ammo poytaxtning kelajagi Sirdaryoda, deb ayta olaman. Chunki shahar kengayadi va turli zavod-fabrikalarni chetroq hududga olib chiqish zaruriyati paydo bo‘ladi. Geografik joylashuvi va logistika jihatidan Sirdaryo viloyati katta korxonalarni qabul qilish uchun juda qulay hisoblanadi.

Menga avval ham aytishgan: Sirdaryo cho‘llari o‘zlashtirilganda aholi turli hududlardan kelgan va qaysidir ma’noda «terma jamoa» shakllangan, deyish mumkin. Mana shunday viloyatni boshqarish qiyin emasmi, deb savol berishgan.

O‘shanda ham aytganman, yana bir marta qaytaraman, viloyatimiz aholisi turli joylardan kelib shakllangan ekan, demak biz «ikkinchi Amerika», bo‘lar ekanmiz.

Kiritildi: 14:30 14.10.2020. O'qildi: 4606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!