CNN: Isroil harbiylari tomonidan o‘ldirilgan HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar, avval xabar qilinganidek, portlashdan emas, boshiga o‘q tegishidan vafot etgan.
Sinvarning jasadini ekspertizadan o‘tkazgan Chen Kugelning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS yetakchisining o‘limiga aynan o‘q tegishi oqibatidagi bosh miya jarohati sabab bo‘lgan.
Avvalroq Isroil harbiylari Sinvarning G‘azo sektoridagi uyiga tank hujumi oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.
HAMAS vakilining ta’kidlashicha, tashkilot o‘z yetakchisi yo‘q qilinganiga qaramay, ilgari aytilgan barcha shartlar bajarilmaguncha taslim bo‘lish va isroillik garovga olinganlarni ozodlikka chiqarish niyatida emas.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Netanyahu Sinvarning yo‘q qilinishini G‘azodagi urushning “yakunining boshlanishi” deb atagan, shuningdek, gurux a’zolariga qurollarini tashlab, garovga olinganlarni ozod qilishni taklif qilgan edi.