Isroil sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Falastinning HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar Isroil kuchlari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lishidan oldin 72 soat davomida ovqat yemagan.
Isroil Milliy sud ekspertizasi instituti direktori Xen Kugelning aytishicha, Sinvarning shaxsini tasdiqlash uchun barmoq kesilgan holda DNK namunasi olingan.
Bu Sinvarning Isroil qamoqxonasida 22 yillik qamoqda o‘tirgani, 2011 yilda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingani haqidagi tibbiy ma’lumotlarning mavjudligi tufayli mumkin bo‘ldi.
«Miyaning jiddiy shikastlanishiga olib kelgan o‘q jarohatidan so‘ng, Sinvar yana bir necha soat yashadi», dedi Kugel.
Turli isroillik jurnalistlar va nashrlar Falastinning XAMAS harakati yetakchisining o‘limini tasvirlab, Falastin rahbari oxirigacha kurashganiga rozi bo‘lishdi.