Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Simsiz quvvatlanadigan robot-chivin yaratildi

A A A
Simsiz quvvatlanadigan robot-chivin yaratildi

Vashington universitetining bir guruh tadqiqotchilari simsiz va akkumulyatorsiz harakatlana oladigan robotni yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi «Hi-News».

«RoboFly» nomli robot o‘ziga yo‘naltirilgan lazer nuri yordamida energiya oladi. Qiziqarli jihati, chivin-robot bir-biridan mustaqil qanotlari orqali ucha oladi. Bu esa robotning turli manyovrlarni bajarishiga, tezroq uchirish va favqulodda holatlarda harakatlanishiga yordam beradi.

«Hasharotlar ko‘rinishida yaratilgan uchuvchisiz uchar qurilmalar konsepsiyasiga shu kunga qadar fantastika sifatida qarab kelinardi. Bizning loyihamiz ilojsiz narsaning o‘zi yo‘qligini isbotlaydi», — deydi loyiha muallifi Soyer Fuller.

Lazer nuri robotdagi fotokatakka tushganida nurlanishga aylanib, uni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. O‘ziga xos elektrotizim esa kelayotgan 7 voltni 240 voltga aylantirib beradi.

manba: xabar.uz

Kiritildi: 09:11 19.05.2018. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik