Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Si Szinpin Mirziyoyevni tabrikladi

A A A
Si Szinpin Mirziyoyevni tabrikladi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

“Siz bilan yaxshi ish munosabatlari va shaxsiy do‘stlikni yuksak qadrlayman hamda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik hamkorlikni doimiy ravishda rivojlantirish, shuningdek, mushtarak taqdirli xitoy-o‘zbek hamjamiyatini barpo etishga yangi sur’at bag‘ishlash uchun hamkorlikni davom ettirishga tayyorman”, deyiladi Xitoy Raisining telegrammasida.

Shuningdek, Si Szinpin so‘nggi yillarda Xitoy-O‘zbekiston munosabatlari tezkor rivojlanishga erishganini, turli sohalardagi hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlanganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 15:19 10.07.2023. O'qildi: 957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!