Xitoy rahbari Si Szinpinning G20 sammitidagi bayonotidan:
— Mafkuraviy bo‘linish va bloklar qarama-qarshiligi jahon taraqqiyotiga putur yetkazishi mumkin;
— Jahon iqtisodiyoti resessiya tahdidiga duch keldi, bundan birinchi navbatda rivojlanayotgan davlatlar zarbaga uchradi;
— Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni tiklash uchun shart-sharoitlar yaratish zarur;
— Dunyo oziq-ovqat va energiyaning siyosiylashuvi va qurollanishiga qarshi turishi kerak;
— Bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilish va ilmiy-texnikaviy hamkorlikdagi cheklovlarni olib tashlash kerak;
— G20 oziq-ovqat va energiya borasida muammolari bo‘lgan qashshoq mamlakatlarga yordam berishi kerak.