Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Si Szinpin AQShni Xitoy taraqqiyotiga xalaqit bermaslikka chaqirdi

Si Szinpin AQShni Xitoy taraqqiyotiga xalaqit bermaslikka chaqirdi

Xitoy va AQSh bir-biriga yordam berib, turli sohalarda rivojlanishi kerak, dedi XXR raisi Si Szinpin Pekinda amerikalik ishbilarmon doira vakillari bilan kechgan uchrashuvda.

– Hozirgi sharoitda Xitoy va AQSh uchun birdek manfaatli nuqtalar kamaymagan, aksincha ko‘paygan, – dedi Si Szinpin. – Savdo, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi kabi an’naviy sohalardan tashqari iqlim o‘zgarishi yoki sun’iy intellekt kabi zamonaviy yo‘nalishlarda ikki davlat bir-biriga xalaqit qilmay, uyg‘un rivojlanishi zarur.

Uning ta’kidlashicha, jahon iqtisodiyotini qayta tiklash, chuqurlashib ketgan xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilish Xitoy va AQSh o‘rtasida o‘zaro muvofiqlik va hamkorlikni talab qiladi.

Kiritildi: 19:02 29.03.2024. O'qildi: 1016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!