1 yanvar kuni lavozimga kirishgan Shveysariya prezidenti Gi Parmelin Kran-Montana tog‘-chang‘i kurortiga bordi, u yerda portlash va yong‘in oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi.
Parmilen bu haqda ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
"Krans-Montana shahrida kechagi quvonchli lahzalar bilan boshlangan voqea butun mamlakat va undan tashqarida ta’sir qilgan fojiaga aylandi. Federal kengash halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildiradi", - dedi u.