Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Shveysariyada suv toshqini va ko‘chki qurbonlari soni olti kishiga yetdi

Shveysariyada suv toshqini va ko‘chki qurbonlari soni olti kishiga yetdi

Shveysariyada suv toshqini va ko‘chki qurbonlari soni olti kishiga yetdi. Bu haqda Matin nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, polisiya qurbonlarning shaxsini aniqlashda davom etmoqda. Shveysariyada noqulay ob-havo tufayli halok bo‘lganlarning kamida to‘rt nafari Germaniya fuqarolaridir.

30 iyun kuni Shveysariya janubidagi Vale va Tichino kantonlarida noqulay ob-havo kuzatildi, Shveysariya qurolli kuchlari uning oqibatlarini bartaraf etish uchun 135 askarni safarbar etdi. Yomg‘ir yog‘ayotgan paytda aeronavigasiyani boshqarish markazini suv bosishi oqibatida Jeneva ustidan o‘tgan yo‘nalishi bo‘ylab samolyotlar parvozi 50 foizga qisqardi.

Kiritildi: 10:28 04.07.2024. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!