Shveysariya Iqtisodiyot bo‘yicha davlat kotibiyati rahbari Xelen Budliger-Artiyeda AQSh elchisi Skott Millerning ko‘proq Rossiya aktivlarini muzlatish zarurligi haqidagi bayonotini rad etdi.
“Biz AQSh va barcha hamkor davlatlarga doimo aytamiz: “Agar sizda amalda bo‘ladigan takliflar bo‘lsa, ularni taqdim eting. Biz ularni ko‘rib chiqamiz." Hozirgacha biz amerikaliklardan birontasini ham olmadik ”, dedi u Neue Zürcher Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.
Budliger-Artiyedaning ta’kidlashicha, Rossiyaning Shveysariyadagi aktivlari hajmini baholash mahalliy hokimiyat organlari bilan maslahatlashmasdan amalga oshirilgan va rasmiy emas.