Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Shvesiyada ommaviy ravishda mashinalarga o‘t qo‘yilmoqda

A A A
Shvesiyada ommaviy ravishda mashinalarga o‘t qo‘yilmoqda

Shvesiyaning turli shaharlarida niqob kiygan yoshlar 97 ta avtomobilga o‘t qo‘ydi, deb ma’lum qilmoqda «Darakchi».

Gyoteborg shahrida noma’lum kishilar 80 ta avtomobilni, Stokgolmda – yettita, Uppsalda – oltita, Malmyo va Helsingborgda – ikkita avtomobilni yoqib yuborishgan.

Polisiyaga birinchi xabar mahalliy vaqt bilan soat 21.00da kelib tushgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qora kiyimda bo‘lgan jinoiy guruh vakillari avtomashinalarga benzin qo‘yib, o‘t qo‘ya boshlagan.

Shuningdek ular qo‘llaridagi beysbol bitalari bilan avtomashinalarga shikast yetkazgan, voqea joyiga kelgan qutqaruvchilarga yordam bergan polisiyachilarga qarata tosh otishgan.

Gyoteborg polisiyasi boshlig‘i Klayes Daxlstremning xabar berishicha, avtomobillar yaqinida toshlar va pirotexnika vositalari topilgan.

Ushbu hodisalar oqibatida hech kim jabrlanmagan. Polisiya bezorilarni topish va qo‘lga olish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.
Shvesiya bosh vaziri Stefan Lyoven bo‘lgan voqealardan juda afsusda ekanini bildirgan.

Manba: zamin.uz

 

Kiritildi: 22:21 14.08.2018. O'qildi: 1444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik