Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shvesiya bosh sanitar shifokori JSSTning “xatosi”ni ma’lum qildi

Shvesiya bosh sanitar shifokori JSSTning “xatosi”ni ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Shvesiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risida to‘liq noto‘g‘ri ma’lumot bergan.

Bu haqda Shvesiya bosh davlat epidemiologi Anders Tegnell ma’lum qildi.

"Ular bizdan holat haqida so‘rash uchun qo‘ng‘iroq qilishmadi. Reanimasiya bo‘limiga kelganlarning soni juda oz, hatto o‘lim darajasi ham pasaymoqda", deydi Tegnell.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusni aniqlash holatlari sonining ko‘payishi o‘tkazilgan testlar sonining ko‘payishi bilan izohlanadi.

Avvalroq, JSST Yevropaning 30 mamlakatida so‘nggi ikki hafta ichida yangi holatlar soni ko‘payganini aytgan, shulardan 11 tasida koronavirusning tarqalish darajasi "sog‘liqni saqlash tizimini yana bir qiyin vaziyatga qo‘yishi mumkinligi" ta’kidlagandi.

Ushbu davlatlar Shvesiya va Ukrainani ham o‘z ichiga olgandi.

 

 

 

Kiritildi: 21:15 27.06.2020. O'qildi: 2412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!