Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Shvesiya beshta orolini bir yil muddatga “sovg‘a qiladi”

Shvesiya beshta orolini bir yil muddatga “sovg‘a qiladi”

Shvesiya beshta orolini bir yil muddatga “sovg‘a qiladi”. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Shvesiyadagi 267 570 ta oroldan beshtasi bir yil muddatga istalgan ishtirokchiga “taqdim etiladi”. G‘oliblar “orol homiysi” rasmiy unvonini oladi va oroldan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, g‘oliblar orolda lager qurishi, cho‘milishi yoki do‘stlarini taklif qilishi mumkin. Biroq ular orol nomini o‘zgartira olmaydi. Shuningdek, Shvesiyada amal qiladigan tabiatdan umumiy foydalanish huquqi — Allemansrätten sababli boshqa shaxslar ham orollarga tashrif buyurishi mumkin.

Loyiha Shvesiya hukumati hamda turizm tashkiloti — Visit Sweden hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ishtirok etish uchun 1 daqiqalik video yo‘llab, nomzod o‘zini “orol homiysi” bo‘lishga loyiq ekanini asoslab berishi lozim. Minimal yosh talabi — 18 yosh.

Tashkilotchilar ikki kishi uchun Shvesiyaga borish va qaytish xarajatlarini qoplaydi. Biroq orolga yetib borishning oxirgi bosqichi manzilga qayiq orqali borish bo‘lib, bu shart ishtirokchining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.

Muhim shartlardan biri — ishtirokchi milliarder bo‘lmasligi kerak. Tashabbus mualliflari “hashamat” tushunchasini moddiy boylik emas, balki soddalik, osoyishtalik va tabiat qo‘ynidagi erkinlik sifatida talqin qilishni maqsad qilganini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 15:17. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!