Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Shu ish joizmi?»

A A A
«Shu ish joizmi?»

Savol

Assalomu alaykum. Biz sharbat zavodida ishlaymiz. Sharbat tayyorlash uchun uzum sotib olinardi. Hozir olinmayapti, shunga uzum vinzavodga sotilyapti. Shu ish joizmi? Uzum halol-ku


Javob

Zamondosh ulamolardan doktor Vahba Zuhayliy rohimahulloh o‘zlarining "Min hisodis siniyn" kitoblarida bunday deydilar: "Islom zararli narsalar bilan tijorat qilishni harom etgan. Musulmon kishi aroq, cho‘chqa kabi najosatlarni sotishdan nahiy qilingan. Shuningdek, haromga olib boradigan narsalarning tijorati ham man etilgan. Masalan, aroq tayyorlashi aniq yoki g‘olibi zonn bo‘lgan kishiga uzum sotish harom. U aroq tayyorlashi mumkin, deb o‘ylangan kishiga sotish esa makruhdir".

Demak, siz uzumlaringizni bu korxonaga sotishingiz mumkin emas.

Alloh yanada bilguvchiroq.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 05:44 04.07.2018. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik