Shri-Lankada "Ditva" sikloni sabab ko‘chki va suv toshqinlari oqibatida kamida 355 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlarni boshqarish markazi hisobotida ma’lum qilgan.
Barcha 25 tumanni qamrab olgan dahshatli tabiiy ofat qurbonlari soni 355 nafarga yetdi, yana 366 kishi bedarak yo‘qolgan.
Qutqaruv xizmatlari qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirib, jabrlangan hududlarga yordam ko‘rsatmoqda.