Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shri-Lanka rasmiylari musulmonlardan uzr so‘radi

Shri-Lanka rasmiylari musulmonlardan uzr so‘radi

23 iyul kuni Shri-Lanka hukumati pandemiya davrida COVID-19 qurbonlarini majburiy yondirilgani uchun oroldagi musulmon ozchilikdan rasmiy uzr so‘radi. Bu qaror JSSTning islomiy dafn qilish xavfsizligi haqidagi kafolatlariga qaramay qabul qilingandi.

Hukumat bayonotida aytilishicha, yangi qonun musulmonlar yoki boshqa jamoalarning dafn marosim qoidalari kelajakda buzilmasligi uchun dafn etish huquqini kafolatlaydi.

Shri-Lanka musulmonlari kechirimni mamnuniyat bilan qabul qilishdi, biroq ularning butun jamoasi, ya’ni orolning 22 million aholisining taxminan 10 foizining voqeadan hanuz qalbidagi jarohati bitmaganini aytdi.

«Endi biz hukumatning majburiy kremasiya siyosati ortida turgan ikki akademik - Mettika Vithanage va Channa Jayasumanaga nisbatan qonuniy choralar ko‘ramiz. Biz tovon pulini ham talab qilamiz», dedi Shri-Lanka musulmonlar kengashi matbuot kotibi Hilmi Ahamed.

Kiritildi: 06:14 27.07.2024. O'qildi: 1124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!