Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Xitoyga amaliy tashrif bilan keldi . Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda .
Safar davomida Xavfsizlik kengashi kotibi mamlakat oliy siyosiy rahbariyati bilan muzokaralar olib borish niyatida. Xususan, Shoygu Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashadi va u bilan strategik xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi. Bundan tashqari, Xavfsizlik kengashi kotibi Airshow China 2024 aviasaloniga tashrif buyuradi.
Pekinga qo‘ngach , Shoyguni Rossiyaning Xitoydagi elchisi Igor Morgulov va Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lyu Bin kutib oldi.