Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shoygu: Putin ma’qulladi, lekin Ukraina...

 Shoygu: Putin ma’qulladi, lekin Ukraina...

Ukrainaning Kursk viloyatidagi operasiyasidan oldin Kiyev Turkiya orqali Moskvaga Qora dengizdagi energetika inshootlari, atom elektr stansiyalari va savdo flotiga hujumlardan o‘zaro voz kechishni taklif qilgan.

Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu «Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muvaffaqiyatsiz muzokaralar tafsilotlari haqida gapirdi.

“Turkiya bizga taklif qildi, dedi, ular [Ukraina] shunday taklif bilan chiqishdi, keling, biz energetika ob’ektlariga zarba bermaslik, atom energetika ob’ektlariga zarba bermaslik va Qora dengizdagi fuqarolik tijorat flotiga zarba bermaslik majburiyatini olamiz. Prezidentimiz qaror qabul qilib, «ha, qilaylik», dedi”, - dedi Shoygu.

Biroq, Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik Ukraina bu kelishuvdan voz kechgan va bu Rossiya tomonini hayratda qoldirgan.

Shoygu, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya hududida qolayotgan paytda Ukraina bilan muzokaralar olib borish mumkin emasligini aytdi.

«Biz ularni hududimizdan chiqarib yubormagunimizcha, tabiiyki, ular bilan hech qanday muzokaralar haqida gaplashmaymiz», dedi Shoygu.

Kiritildi: 14:36 11.09.2024. O'qildi: 3981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!