AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Rossiya mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu bilan bog‘lana olmadi. Bu haqda 13 aprel, chorshanba kuni Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, Ostin taxminan bir hafta oldin rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan bog‘lanishga urinib ko‘rgan, ammo natija bo‘lmagan.
"Oxirgi urinish qachon bo‘lganini bilmayman. Yaqinda, menimcha. Bir haftadan kamroq vaqt oldin. Va yana rossiyaliklar tomonidan hech qanday qiziqish bo‘lmadi", dedi Kirbi jurnalistning Pentagon rahbari bilan Rossiya Mudofaa vazirligi bilan so‘nggi aloqalari haqidagi savoliga javob berdi.
Avvalroq Lloydning o‘zi Pentagon rahbari Shoygu bilan bog‘lana olmasligini aytgandi. Unga ko‘ra, Mudofaa vazirligi fevral oyi o‘rtalaridan boshlab AQSh bilan aloqani to‘xtatgan. Uning qayd etishicha, Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov ham o‘z hamkasbi bilan aloqaga chiqmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federasiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov G‘arb OAVlarida Vladimir Putin atrofidagilar unga noto‘g‘ri ma’lumot berayotgani haqidagi xabarlarga izoh bergan va shu fonda Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik yuzaga kelgan.