Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shomurodovga Rossiyadan murojaat bo‘ldi

Shomurodovga Rossiyadan murojaat bo‘ldi

Rossiya Premyer-ligasi ishtirokchisi “Rostov” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovni 2026 yilgi jahon chempionatida kiritgan goli bilan tabrikladi.

30 yoshli forvard Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida (1:3) O‘zbekistonning yagona goliga mualliflik qildi.

- Do‘stimiz va “Rostov”ning sobiq hujumchisi Eldor Shomurodovni jahon chempionatida urgan goli bilan tabriklaymiz, - deyiladi “Rostov” matbuot xizmati murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2017–2020 yillarda “Rostov” safida o‘ynagan. Keyinchalik Italiyaga yo‘l olib, “Jenoa”, “Spesiya”, “Kalyari” va “Roma”da faoliyat yuritdi.

Ayni paytda mahoratli to‘purar Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi o‘yinchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda Superliga to‘purari bo‘lgan Shomurodovni mamlakatning grand klublari o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Kiritildi: 23:54 28.06.2026. O'qildi: 26947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!