O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov yozda klubini o‘zgartirishi mumkin.
SportItalia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli futbolchiga kelasi mavsum A Seriyada to‘p tepadigan "Kremoneze" klubi qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, "Roma" Shomurodovni 30 iyunga qadar sotib yubormoqchi. Hujumchining rimliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Shomurodov 2024/25 yilgi mavsumda "Roma" safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urgan va beshta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning bozor qiymati yetti million yevroni tashkil etadi.