Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shomurodov uchun 9 million yevro

Shomurodov uchun 9 million yevro

«Roma» sharafini himoya qilayotgan hujumchimiz Eldor Shomurodov jamoani tark etadi.

Bir qancha vaqt oldin, 27 yoshli futbolchi «Bolonya»ga o‘tishga yaqin ekani xabar qilingandi. Italiyalik jurnalist Nikolo Skira ham kelishuv yaqin orada rasmiylashtirilishini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, «Bolonya» o‘zbekistonlik hujumchini 9 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.

Avvalroq «Roma» Shomurodovni transfer qilish istagida ekani va shu sabab «Tottenxem»ga qarshi o‘yin uchun olib ketmagani ma’lum bo‘lgandi.

Shomurodov 2021 yilning yozgi transfer oynasida 18 million yevro evaziga «Jenoa»dan «Roma»ga o‘tgandi. U «bo‘rilar»safida jami 40 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol va oltita golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:42 01.08.2022. O'qildi: 3507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!