Sholsning Kiyevga tashrifidan asosiy maqsad — Zelenskiy Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun nima qilishga tayyorligini tushunishdir, deb yozmoqda Bild nashri.
Nashrning yozishicha, kansler Ukrainaga tashrif buyurishni AQShdagi prezidentlik o‘tganidan keyin va Tramp prezidentik lavozimiga kirishishidan oldin bo‘lishini rejalashtirgan.
"Shols Germaniyada hukmron koalisiya parchalangani va muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishiga qaramay, mamlakatning amaldagi kansleri bo‘lib qolishda davom etishini va muhim siyosiy muzokaralar olib borishga tayyorligini ko‘rsatmoqchi", deb yozadi Bild.
Germaniya kansleri Olaf Shols Kiyevda Ukraina prezidenti Valodimir Zelenskiy bilan uchrashishini va dekabr oyida Ukrainaga 650 million yevrolik qurol yetkazib berish e’lon qilishini ma’lum qildi.