Evropa Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik qilishni xohlaydi, ammo Yevropa Ittifoqi Amerika tariflariga birlashgan jabha bilan javob berishga tayyor.
Bu haqda Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Olaf Shols ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, savdo urushlari barcha tomonlarga zarar yetkazmoqda va Yevropa "sodda emas, balki zaif ham emas".
"Shuning uchun men Qo‘shma Shtatlarga aytaman: Yevropaning maqsadi hamkorlik bo‘lib qoladi. Ammo Qo‘shma Shtatlar po‘lat va alyuminiy tariflari misolida bo‘lgani kabi bizga tanlov qoldirmasa, biz Yevropa Ittifoqi sifatida birdek munosabat bildiramiz" - dedi Shols Gannover savdo yarmarkasi ochilishida.