Italiya polisiyasi Germaniya prokuraturasi talabi bilan Sergey K. ismli Ukraina fuqarosini hibsga olgan. U "Shimoliy oqimlar" va O‘rta yer dengizida Rossiya kemalariga qarshi teraktlar uyushtirishda gumon qilinmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, u Italiyaga oilasi bilan dam olish maqsadida kelgan.
Hozirda ukrainalik Boloniya qamoqxonasida, Germaniyaga ekstradisiya qilinishini kutmoqda.