Rossiyaga joylashtirilgan Shimoliy Koreya qo‘shinlarining 10 ming kishilik kontingentining aksariyati allaqachon Ukraina bilan chegaradosh Kursk viloyatidagi jangovar harakatlarda ishtirok etmoqda, dedi AQSh Davlat departamenti vakili.
Departament matbuot kotibi o‘rinbosari Vedant Patelning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya askarlari qanchalik samarali bo‘lishi «ko‘p jihatdan ruslar ularni o‘z armiyasiga qanchalik moslashtira olishiga bog‘liq».
«Ular yengib o‘tishlari kerak bo‘lgan ba’zi qiyinchiliklar - bu o‘zaro muvofiqlik, til to‘sig‘i, buyruq va boshqaruv va aloqa», deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir necha kun oldin Shimoliy Koreya kontingentining bir qismi so‘nggi oylarda Rossiya bilan chegaradosh mintaqadagi ayrim hududlarni egallab olgan Ukraina armiyasiga qarshi janglarda qatnashayotgani haqida xabar bergan edi.
Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyada bo‘lishi Ukrainadagi mojaro kengroq proksi urushga aylanib ketishidan qo‘rquvni kuchaytirdi.