Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Shimoliy Koreyalik bolalar yana ocharchilik qurboni bo‘lishmoqda

Shimoliy Koreyalik bolalar yana ocharchilik qurboni bo‘lishmoqda

Shimoliy Koreya aholisining deyarli yarmi (40 foizi) yegulik yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Bu haqda KBS telekanali BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti ma’ruzasiga asoslanib xabar berdi.

Tashkilo bergan ma’lumotga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning har to‘rtinchi fuqarosi oziq-ovqat yetishmasligi sabab krizis holatida. Bundan tashqari, 19 millionga yaqin shimoliy koreyalik davlatning oziq-ovqat taqsimoti tizimidan aziyat chekmoqda.

Ma’ruzada qayd etilishicha, yirik ocharchilik holati bolalarga ham xavf solmoqda. 1,5 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 30 foizi yetarli miqdor va yetarli kaloriyadagi yegulik iste’mol qila olmaydi, ularning 4 dan biri surunkali ochlikka mahkum.

Shimoliy Koreyada gumanitar holatning yomonlashishi so‘nggi olti yil ichida yuz bergan qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va tabiiy ofatlar bilan bog‘liq.

lenta.ru

Kiritildi: 14:42 13.02.2019. O'qildi: 1958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!