No Gvan Chxol 14-chaqiriq Oliy xalq assambleyasining 11-sessiyasida Kan Sun Nam o‘rniga mamlakatning yangi mudofaa vaziri etib tayinlandi, deb xabar beradi Koreya markaziy telegraf agentligi.
Mamlakat hukumatida boshqa kadrlar o‘zgarishi ham bo‘ldi.
Li Man Su davlat qurilish nazorati vaziri, Kim Son Bin esa Davlat fan va texnologiya qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kunidan boshlab Shimoliy Koreya respublikani Janubiy Koreya bilan bog‘lovchi barcha avtomobil va temir yo‘llarni butunlay yopdi. Koreya xalq armiyasi bosh shtabi o‘z bayonotida “9 oktabrdan boshlab Janubiy Koreya bilan bog‘lovchi temir yo‘l va avtomobil yo‘llarini to‘liq yopib qo‘yishi” va “mudofaa tuzilmalarini mustahkamlash ishlarini olib borishi”ni ma’lum qildi.