Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Shimoliy Koreyada tarqalgan “noma’lum bezgak” kasalligiga qarshi kurash uchun harbiylar jalb qilindi

Shimoliy Koreyada tarqalgan “noma’lum bezgak” kasalligiga qarshi kurash uchun harbiylar jalb qilindi

Shimoliy Koreya Respublikasida “noma’lum bezgak” tarqalishi fonida mamlakat rahbari Kim Chen In armiyaning harbiy tibbiy xizmatini dorixonalarni zarur dori-darmonlar bilan uzluksiz ta’minlashga jalb qilishni buyurdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar bermoqda.

“U xalq armiyasining harbiy tibbiy xizmatidan kuchlarni jalb qilish orqali zudlik bilan Pxenyan shahrini dori-darmon bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida buyruq chiqardi”, deyiladi Koreya mehnatkashlar partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosining favqulodda yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha xabarida.

Kim Chen Inning ta’kidlashicha, “partiya siyosatining amalga oshirilishini qat’iy kafolatlashga majbur bo‘lgan sud va prokuratura sohalari huquqiy nazoratni lozim darajada amalga oshira olmagan hamda dori vositalarining butun mamlakat bo‘ylab muomalasi va savdosidagi qator salbiy holatlarni bartaraf etmagan.

U Markaziy prokuratura boshlig‘ini o‘z vazifasiga beparvo munosabatda bo‘lgani va mas’uliyatsizligidan pushaymon bo‘lmagani uchun tanqid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni Shimoliya Koreyada “omicron” shtammining kichik turi shuningdek, yashirin “omicron” sifatida ham tanilgan BA.2 aniqlangandi. Shu munosabat bilan KXDR rahbari mamlakatning barcha shahar va tumanlarida karantin joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Kecha, 15 may kuni KXDR kasallik natijasida sakkizta yangi o‘lim qayd etilganini ma’lum qildi. Mamlakatda jami 50 ta o‘lim qayd etilgan va 392,9 mingdan ortiq odamda yuqori tana harorati aniqlangan. xalqaro mutaxassislari bu isitmani koronavirus deb hisoblashmoqda. Hozircha Pxenyan rasmiy ravishda COVID-19 ning “omicron” variantidan bir kishi o‘lganini e’lon qildi.

Kiritildi: 18:05 16.05.2022. O'qildi: 2838 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!