Shimoliy Koreya Yaponiya tomon ballistik raketa uchirdi.
Yaponiya Mudofaa vazirligi kamida ettita qisqa masofali raketalar uchirilganini qayd etdi. Raketalar 400 kilometr masofani uchib o‘tib, dengizga qulagan. Hech qanday talofatlar qayd etilmagan.
KXDRning provokasiyasi AQShda prezidentlik saylovi boshlanishidan bir necha soat oldin sodir bo‘ldi.
"Bugun Koreya yarim orolida hamda mintaqada dushmanlar va bizning o‘rtamuzdagi kuchlar tengligining buzilishi darhol urush boshlanishini anglatadi. Bu inkor etib bo‘lmaydigan ob’ektiv voqelikdir", — deya fikr bildirdi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon.
Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni KXDR hukumati nazariy jihatdan AQShning materik qismiga yetib borishi mumkin bo‘lgan Xvason-19 raketasini uchirgan edi.