1. Boshlang‘ich sinflarda 871 akademik soat davomida Kim Chen Inning bolalik va o‘smirlik yillari, siyosiy yutuqlari o‘rgatiladi. O‘quvchilar o‘rganadigan ma’lumotlar orasida hatto Kimning 9 yoshida yaxtalar poygasida g‘olib chiqqanligi ham mavjud;
2. Maktabda 300 dan ortiq darslar sobiq prezidentlar hayotini o‘rganishga bag‘ishlanadi va shu tarzda o‘quvchi ongida bolaligidanoq hukmron partiyaga nisbatan muhabbat va muhtaram rahbar uchun jonini berishga tayyorlik hissi shakllantiriladi;
3. Kim Chen In oilasining, ya’ni o‘zining, dadasi Kim Chen Ir va bobosi Kim Ir Senlarning portretlari muqaddas hisoblanadi. Agar portretlar yong‘in, to‘fon yoki boshqa ofatlar paytida yo‘qolsa, aybdor shaxs darhol hibsga olinadi. Ammo bironta jinoyatchi portretlarni saqlab qolsa, u millat qahramoniga aylanadi va hatto davlat mukofotiga sazovor bo‘lishi ham mumkin;
4. 2014 yildan buyon har qanday bilim olishga qodir bo‘lgan yosh yigitlar sochlarini xuddi davlat yetakchisinikidek turmaklab yurishlari shart qilib qo‘yilgan;
5. Bolalarga juda yoshligidan Amerikadan nafratlanishni o‘rgatishadi, shu bois har bir o‘spirin Amerikani Shimoliy Koreyaning ashaddiy dushmani sifatida taniydi;
6. 5 yoshidan boshlab har bir koreys o‘z mamlakatiga ishchi qarzini to‘lashi shart. Shu asosda 5 yashar bolalar dalalarga va polizlarga ishlashga jo‘natiladi;
7. Agar ota yoki ona davlat oldida aybdor deb topilsa, farzand mehnat lageriga yuboriladi va u yerda og‘ir mehnat qilishga majburlanadi. Bunday bolalar keyinchalik maktabga qabul qilinmaydi;
8. O‘quvchilarga she’rlar, rahbarlarning bayonotlari, qoidalar, turli tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun qasamyodlar yodlatiladi. O‘qituvchiga o‘qiganlari haqida savol berishlari va biror mavzu bo‘yicha o‘z fikrini bildirishlari mumkin emas. Shu sababli ham hozirgi kunda tamoman boshqa dunyoda yashayotgan qochoqlar shaxsiy fikrlarini ifoda etishda qiynalishadi;
9. Bolalar bog‘chasidagi ilk kundan boshlab bolalarga davlat rahbarlari suv ustida yuradigan, granata yasaydigan va bitta tosh bilan kemalarni cho‘ktirib yuboradigan milliy qahramonlar va yarim afsonaviy personajlar sifatida namoyish etiladi;
10. Hatto hikoyaning uzviyligiga ta’sir etsa ham mumtoz adabiyotdagi mamlakat targ‘ibotiga zid parchalar darhol olib tashlanadi. Ba’zi tarixiy dalillar "qayta ishlanadi". Masalan, KXDR telekanallaridan biri mamlakat terma jamoasining 2014 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida muvaffaqiyat qozonganligi haqida xabar bergan. Xabarda aytilishicha, "Shimoliy Koreya guruhdagi uchta o‘yinda ham g‘alaba qozongan va darhol finalga chiqqan. Portugaliyaga qarshi o‘ynashi kutilmoqda." Guruhda koreyslar Yaponiyani 7: 0, AQShni 4: 0 hisobida, Xitoyni esa 2: 0 hisobida mag‘lub etishgan". Aslida, o‘shanda Shimoliy Koreya terma jamoasi saralash bosqichidan ham o‘ta olmagan edi;
11. Yangi ma’lumotlar jamlangan zamonaviy darsliklardan foydalanish mumkin emas. Aks holda, bolalar juda ko‘p "ortiqcha" narsalarni o‘rganishlari mumkin;
12. 12 yoshidan boshlab ular ommaviy qatllarni (otishmalar) tomosha qilishga majburlanadi. Shunday vaziyatlarda maktablarda darslar bekor qilinadi.