Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

SHHTga a’zo davlatlar milliy valyutalarda hisob-kitobga o‘tishi mumkin – Lavrov

SHHTga a’zo davlatlar milliy valyutalarda hisob-kitobga o‘tishi mumkin – Lavrov

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov SHHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha brifing chog‘ida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.

Uning aytishicha, tomonlar Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida imzolanishi mo‘ljallangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqdi.

“Bunday hujjat, birinchi navbatda, yuqori darajada tayyor bo‘lgan Samarqand deklarasiyasi”, dedi vazir.

Shuningdek, Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bir qator boshqa hujjatlar, xususan, integrasiya jarayonlarini chuqurlashtirish bilan bog‘liq hujjatlar ko‘rib chiqilgan.

Kiritildi: 19:01 29.07.2022. O'qildi: 4136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!