Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

SHHT kuzatuvchilar missiyasi Qozog‘istondagi referendum yuzasidan bayonot berdi

SHHT kuzatuvchilar missiyasi Qozog‘istondagi referendum yuzasidan bayonot berdi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) kuzatuvchilari Qozog‘istonda 6 oktyabr kuni AES qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning legitimligini e’tirof etdi.

“(SHHT) missiyasi referendum ochiqlik va shaffoflik muhitida, fuqarolik jamiyati vakillarining faol ishtirokida, fuqarolar uchun maqbul shart-sharoit yaratilgan muhitda o‘tganini ta’kidlaydi. Missiya Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha respublika referendumi Qozog‘istonning amaldagi qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga muvofiq holda o‘tkazilganini qayd etadi”, – deya bayonot berdi SHHT bosh kotibi o‘rinbosari, kuzatuvchilar missiyasi rahbari Oleg Kopilov 7 oktyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

AES qurilishi bo‘yicha plebissitni 30 davlatdan kelgan 177 nafar kuzatuvchi, shuningdek, MDH, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash kabi xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatib bordi.

Kiritildi: Bugun 10:44. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!