Bugun 9 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

SHHT Astana sammitidan boshlab to‘laqonli “Shanxay o‘nligi” formatida ishlaydi

SHHT Astana sammitidan boshlab to‘laqonli “Shanxay o‘nligi” formatida ishlaydi

Astana sammitidan boshlab Shanxay hamkorlik tashkiloti to‘laqonli “Shanxay o‘nligi” formatida ishlaydi. Bu haqda Qasim-Jomart Toqayev Xitoyning Sinxua agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Shaxsan mening Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan alohida munosabatim borligidan boshlasam. 1996 yil aprel oyida men uni yaratish, muzokaralar olib borish va hujjatlarni tayyorlashda qatnashish imkoniga ega bo‘ldim. “Shanxay beshligi” tashkil etilishining boshidanoq o‘z ambisiyalarini ko‘rsatib kelgan va bugungi kungacha saqlanib qolgan asosiy maqsadi ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlari atrofida shakllangan. Joriy yilning 3 iyulida, chorak asrdan sal ko‘proq vaqt o‘tib, Qozog‘istonga qaytgan Shanxaylik katta oilaning yig‘ilishi juda ramziy ma’noga ega. Shu yillar mobaynida “Shanxay beshligi” tarkibi ikki barobarga ko‘paydi va Astanadagi sammitdan boshlab tashkilot “Shanxay o‘nligi” formatida ishlaydi", - dedi Davlat rahbari.

Qasim-Jomart Toqayev SHHTga raislik o‘ta muhim va ayni paytda juda mas’uliyatli missiya ekanini ta’kidladi.

“Tashkilot asoschilaridan biri va ko‘p tomonlama muloqotni rivojlantirishning faol tarafdori sifatida Qozog‘iston Tashkilotni o‘zining muvozanatli tashqi siyosatida doimiy ustuvor yo‘nalish deb biladi. Prezidentlik faoliyatimiz tamoyillari va keng ko‘lamli kun tartibini ishlab chiqishda ham ana shu motivlar turtki bo‘ldi. Bizning sa’y-harakatlarimiz xavfsizlik muammolarini hal etishning umumiy yo‘llarini ishlab chiqish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, atrof-muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashish va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga qaratiladi”, — dedi Qasim-Jomart Kemeluli.

Prezident ta’kidlashicha, tashkilotning yirik xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan aloqalarini kengaytirish orqali uning xalqaro obro‘sini yanada mustahkamlash muhim vazifadir. 150 dan ortiq tadbirlar allaqachon o‘tkazilgan: Nyu-Yorkdan Pekingacha, Nayrobidan Moskvagacha. Shu tariqa, SHHT hamkorlari doirasi kengayadi, huquqiy baza qator hujjatlar bilan to‘ldiriladi.

“Bizning raisligimizning kulminasion nuqtasi Astanadagi sammit bo‘ladi, biz bunga alohida e’tibor qaratamiz. Biz SHHT faoliyatini yanada takomillashtirish sohasida muhim strategik qarorlar qabul qilinishini kutamiz. O‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olinadi, mavjud chaqiruv va tahdidlarga adekvat va o‘z vaqtida javob berish bo‘yicha tashabbuslar ishlab chiqiladi. Fursatdan foydalanib, SHHTga a’zo barcha davlatlarga Qozog‘iston raisligi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagani, bizning takliflarimiz bilan hamkorlik qilgani va biz ilgari surgan ustuvor yo‘nalishlar doirasidagi birgalikdagi faoliyati uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Biz sammitning yakuniy qarorlarida “Shanxay ruhi”ning asosiy tamoyillari – o‘zaro ishonch, do‘stlik, o‘zaro manfaatdorlik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish to‘liq qamrab olinishini kutamiz”, — dedi Prezident.

Kiritildi: 14:05 01.07.2024. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!