Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sherlok Xolms hayotda bo‘lganmi?

Sherlok Xolms hayotda bo‘lganmi?

Biror shaxs haqida asarlar yozilsa, ular asosida filmlar suratga olinib, mashhur bo‘lib ketsa, ko‘pchilik, aslida, shunday odam mavjud bo‘lgan degan xayolga boradi. Shunday qilinsa, ishonchli ko‘rinadi va asar xaridorgir bo‘ladi. Artur Konan Doylning asarlari dunyoning barcha burchaklarida juda mashhur bo‘lgan paytlarida, o‘n yillar davomida bu kitoblardagi qahramonlarning hayotda real prototipi bo‘lgan, degan fikr yurardi.

Ko‘pchilik, hattoki shunday inson bo‘lgani va Viktoriya davrida sirli ishlar bilan shug‘ullanganini isbotlashga harakat qilardi. Aslida esa, bu to‘liq o‘ylab topilgan personaj bo‘lgan. Artur Konan Doyl eng mashhur asari Sherlok Xolms obrazini ilk marotaba “Skarletdagi ish” romanida yaratgan. Yozuvchi Sherlok Xolms obrazini “Xolmsning so‘nggi ishi” hikoyasida o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Lekin butun dunyodagi kitobxonlarning noroziligidan keyin izquvarni tiriltirib, yangi hikoyalar yozadi.

Artur Konan Doylning Sherlok Xolms haqidagi hikoyalari kino dunyosi tarixida eng ko‘p ekran yuzini ko‘rgan asar hisoblanadi.

211 qismli film suratga olingan va mashhur izquvar obrazi 75 nafar aktyor tomonidan talqin etilgan. Yana muhim jihati shundaki, Artur Konan Doyl o‘z asarlarida Sherlok Xolmsni Beyker-strit 221-b manzilida istiqomat qiluvchi izquvar sifatida tasvirlagan. Aslida, Londondagi Beyker-strit ko‘chasida bunday raqamdagi uy umuman mavjud emas, eng qizig‘i, hanuzgacha 221-b manziliga detektiv ishqibozlaridan Sherlok Xolms nomiga maktublar kelib turadi.

Komissar Megre yoki Sherlok Xolms to‘g‘risidagi asarlar har bir o‘zbek xonadonida ham mehr bilan mutolaa qilinishiga shubha yo‘q. Zero, jinoyatni fosh etib, uning sababini topishda bu ikki izquvarlarga teng keladigan asar qahramonlarini topish amri mahol.

Kiritildi: 18:28 23.02.2020. O'qildi: 5395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!