Ugandaning eng mashhur qo‘riqxonalaridan birida 6 nafar sher o‘lik holda topildi. Taxmin qilinishicha, hayvonlar zaxarlanish natijasida halok bo‘lishgan, deya xabar bermoqda BBC News.
Sherlar qirolicha Yelizavettaning Milliy bog‘idan boshlari va oyoqlari tanasidan ajralgan holda topilgan. Uganda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi ta’kidlashicha, sherlar tanisining ba’zi qismlari yo‘qolgan, yovvoyi tabiatning noqonuniy savdosi mavjudligini xech kim inkor eta olmaydi.
Hozirgi kunda tabiatni muhofaza qilish xodimlari va mahalliy polisiya hamkorligida tergov ishlari olib borilmoqda.