Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Shaxmat toji uchun talabgorlar turniri. Javohir Sindarov Xikaru Nakamurani ham taslim etdi

Shaxmat toji uchun talabgorlar turniri. Javohir Sindarov Xikaru Nakamurani ham taslim etdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan Talabgorlar turnirining 5-turida navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik grossmeyster ushbu turda dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, AQSh vakili Xikaru Nakamura bilan qora donalarda bahs olib bordi.

Xikaru uchun bugungi bahsda g‘alaba qozonish katta ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, hujumkor o‘yin uslubini tanladi. Xikaru o‘yin boshida 2 ta piyodani qurbon berib, hujumkor vaziyatni qo‘lga kiritib, Javohir oldiga muammolar qo‘ya boshladi. Sindarov esa raqibning barcha hamlalarini juda katta aniqlikda bartaraf etib, endshpilda katta ustunlikka ega bo‘ldi. Natijada Nakamura 41-yurishda o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.

Shaxmat toji uchun talabgorlar turniri. Javohir Sindarov Xikaru Nakamurani ham taslim etdi

Sindarov kuchli raqib ustidan qozonilgan g‘alaba tufayli o‘z ochkolari sonini 4,5 taga yetkazdi va u umumiy jadvalda yaqqol peshqadamlik qilishda davom etadi. Ikkinchi pog‘onadagi Fabiano Karuana esa bugun Mattesu Blyubaumni mag‘lub etib, o‘z ochkolarini 3,5 ochkoga yetkazib oldi. Ikki nafar shaxmatchi hisobida 2,5 ochko mavjud.

Javohir 4-aprel kuni 6-tur doirasida xitoylik Vey Yiga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

Kiritildi: 23:27 03.04.2026. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!