Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Shaxmat olimpiadasidagi ilk raqiblarimiz ma’lum

Shaxmat olimpiadasidagi ilk raqiblarimiz ma’lum

Bugun, 11 sentyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining dastlabki tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Kecha har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi hamda Olimpiadaga qur’a tashlash tadbiri tashkil etildi.

Shaxmat olimpiadasidagi ilk raqiblarimiz ma’lum

Qur’a natijasiga ko‘ra, Vladimir Kramnik murabbiyligidagi Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidovdan iborat O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 1-turda Trinidad va Tobago shaxmatchilariga qarshi bahs olib boradi.

Aleksey Dreev ustozligidagi Afruza Hamdamova, Nilufar Yoqubboyeva, Umida Omonova, Marjona Malikova, Nodira Nodirjonovadan iborat O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ilk turda Gaiti vakillari bilan kuch sinashadi.

Shaxmat olimpiadasidagi ilk raqiblarimiz ma’lum

Aytish lozim, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ikki yil muqaddam Hindistonning Chennay shahrida o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining amaldagi g‘olibi sifatida chempionlikni himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bahslarining erkaklar guruhida 197, ayollar guruhida esa 184 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.

11 turdan iborat olimpiada musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari 22 sentyabrda aniqlanadi.

Shiddatli kechadigan «aql janglari»da hamyurtlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Kiritildi: 10:25 11.09.2024. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!