Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyevning o‘g‘li va kuyovlari Dubay amirligi hokimining to‘yida ishtirok etdi (foto)

Shavkat Mirziyoyevning o‘g‘li va kuyovlari Dubay amirligi hokimining to‘yida ishtirok etdi (foto)

BAA Prezidentining o‘rinbosari, Bosh vazir, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning o‘g‘illari to‘ylarida ishtirok etdi.

Eslatib o‘ttamiz, Dubay amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning uch nafar o‘g‘li ramazon oyidan ilgari, aprelning oxirlarida birvarakayiga oila qurgan edi. 

36 yoshli shahzoda Hamdan katta o‘g‘il sifatida merosxo‘r hisoblanib, u o‘z qarindoshi Sheyxa bint Said bin Tani al-Maktumga uylandi.

35 yoshli vise-merosxo‘r shahzoda Maktum boshqa bir qarindoshi shayx Maryam bint Butti al-Maktum bilan oila qurdi. 

 

32 yoshli Dubay ta’lim jamg‘armasi raisi shahzoda Ahmad amakivachchasi shayx Mediya bint Dalmuj al-maktum bilan turmush qurdi.

 

Ushbu qo‘shaloq to‘y tantanalarida O‘zbekiston nomidan davlat rahbarining kuyovlari, o‘g‘li hamda nabirasi ishtirok etgan. Bu haqda Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

 

Ushbu to‘yga prezidentning kuyovlari Oybek Tursunov, Otabek Umarov, o‘g‘li Miralisher, nevarasi Miromon tashrif buyurgan.

«BAA Prezidenti o‘rinbosari, Bosh vazir, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Hazrati Oliylarining o‘g‘illari to‘ylari munosabati bilan tabriklaymiz», — deb yozadi Otabek Umarov.

Kiritildi: 12:56 07.06.2019. O'qildi: 8164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!