Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 24 aprel kuni amaliy tashrif bilan Pekinga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari u yerda Bir makon, bir yo‘l ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Li Chjanshu bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, forumda ishtirok etadigan xorijiy davlatlar delegasiyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ham muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 12:26 24.04.2019. O'qildi: 1527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!