Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonning butun tizimini yo‘q qilishga harakatlar bo‘lgan

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonning butun tizimini yo‘q qilishga harakatlar bo‘lgan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida so‘zga chiqqan Prezident Shavkat Mirziyoyev 1980 yillar oxiri va 1990 yillardagi parlament faoliyati va mamlakat hayoti haqida fikr bildirdi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov.

 

Men 1989 yilgi parlamentdagi kurashlarni — qayerda o‘tirib, qayerda so‘zga chiqqanim, kimlar u yerda qarshi bo‘lgan — yaxshi eslayman. O‘zbekistonning butun tizimini yo‘q qilishga harakatlar bo‘lgan — 10—20 daqiqa, soniyalar qolgan edi. Juda katta tayyorgarliklar bo‘lgan.

Bir shaxsning sharofati bilan mana shu tinchlik-osoyishtalikni, tizimni saqlab qoldik. O‘shanda birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevichning yonida bo‘lganman. O‘sha vaqtda Moskvadan parlament a’zolari kelib o‘tirardi, hamma tomoshabin edi.

Mustaqillik yillarida biz qiyin, lekin mashaqqatli, o‘zimizga munosib yo‘lni bosib o‘tdik. Hech qachon unutmasligimiz kerak — qiyin bo‘ldi, lekin ko‘p xatolar ham bo‘ldi. Endi xatolarni takrorlamaslik uchun biz boshqa — yangi O‘zbekistonga munosib yangi parlamentini yo‘lga qo‘yishimiz kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Kiritildi: 12:23 20.01.2020. O'qildi: 2897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!