Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda totalizatorlarga ruxsat berish haqidagi farmonni imzoladi

A A A
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda totalizatorlarga ruxsat berish haqidagi farmonni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida ma’lum qilindi.

Farmonda yangi stadionlar qurish, futbol maktablarini tashkil etish, futbolni ommalashtirish, yagona elektron chipta sotish tizimini tatbiq etish va boshqa ko‘plab tadbirlar qatorida bukmekerlik kontoralari (totalizatorlar) haqida ham so‘z boradi.

Xususan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligidan lisenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yuridik bo‘limi boshlig‘i Dilshod Norqobilovning aytishicha, totalizatorlarga 2021 yil 1 yanvardan ruxsat beriladi.

Kiritildi: 18:15 05.12.2019. O'qildi: 5079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!