Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev uch nafar jadidlarni orden bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev uch nafar jadidlarni orden bilan taqdirladi

“Ma’rifatparvar jadidchilik harakati namoyandalarini  mukofotlash to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, o‘zining ma’rifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy ta’lim-tarbiya tizimini yaratish hamda yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini ta’minlashga qo‘shgan beqiyos hissasini inobatga olib, quyidagilar “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi:

• Abdulla Avloniy (marhum) – ma’rifatparvar adib, pedagog, jamoat arbobi

• Mahmudxo‘ja Behbudiy (marhum) – Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschilaridan biri, adib, pedagog va olim

• Munavvar qori Abdurashidxonov (marhum) – atoqli ma’rifatparvar murabbiy, adib, muharrir va jamoat arbobi.
 

Kiritildi: 19:34 30.09.2020. O'qildi: 2594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!